Hukumatning “Davlat ta’lim muassasalari huzurida sport klublarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 16 iyuldagi 542-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi

86

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Sport sohasida davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining “Davlat ta’lim muassasalari huzurida sport klublarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 16 iyuldagi 542-son qaroriga:

Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi hamda Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti negizida Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etilgani munosabati bilan qonunchilik hujjatlarini o‘zaro muvofiqlashtirish;

jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursida masofaviy ta’lim olish tizimini joriy qilish; malaka oshirganlik haqida elektron shaklda davlat namunasidagi malaka sertifikatini berish tartibini belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi malaka oshirganlik haqida davlat namunasidagi malaka sertifikatini uch oy muddatda “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali elektron shaklda berish tartibi joriy qilinadi.

O‘zA