Tramp nihoyat Rossiyaga qarshi sanksiya bo‘yicha qarorini e’lon qiladi

80

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya va Qo‘shma Shtatlar vakillari chorshanba kuni uchrashuv o‘tkazishi, shundan so‘ng Moskvaga qarshi sanksiyaning ehtimoliy kuchaytirilishi bo‘yicha qaror qabul qilinishini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” yozgan.

– Ertaga Rossiya bilan uchrashuvimiz bor, – degan u seshanba kuni Vashingtonda jurnalistlarga Moskvaga nisbatan sanksiya bosimi kuchayishi ehtimolini izohlarkan. – Muloqot qanday natija berishini ko‘ramiz va keyin qaror qabul qilamiz.

Oq uy rahbari Rossiya energetika resurslarini sotib oluvchi barcha mamlakatlar tovarlariga 100 foizlik boj joriy etish imkoniyatiga to‘xtalib, “hech qachon foiz belgilamagani”ni ta’kidladi.

Shuningdek, sobiq Prezidenti Jo Bayden Vashingtonni Ukrainadagi mojaroga bilvosita aralashtirgani, hozir esa AQSH urushni tugatish uchun qat’iy harakat qilayotganiga urg‘u bergan.

S.Rahimov, O‘zA