Professional boks: Olimjon Nazarov va Nodirjon Mirzahmedov g‘alabaga erishdi

109

Poytaxtimizdagi “Jar” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida professional boks bo‘yicha o‘tkazilgan navbatdagi kechada hamyurtlarimiz Olimjon Nazarov va Nodirjon Mirzahmedov g‘alaba qozondi.

O‘ta yengil vazn toifasida “WBO Oriental” va “WBO International” kamarlari sohibi bo‘lgan hamyurtimiz Olimjon Nazarov ushbu boks kechasida qirg‘izistonlik Mirlan Turkibay Uuluga qarshi 10 raundlik jangda ringga ko‘tarildi.

Qiziqarli kechgan jang to‘liq davom etdi. Hakamlarning baholashi natijasida hamyurtimiz ochkolar hisobida g‘alabani tantana qildi.

Havaskor boksda ikki karra Osiyo chempionligiga erishgan Nodirjon Mirzahmedov “Jar”da professional boksdagi ilk jangini o‘tkazdi. U qozog‘istonlik Assan Kalmaxanov bilan ro‘baro‘ kelib, qiziqarli kechgan bahsda raqibini ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratdi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA