Buyuk Britaniyada yozgi bo‘ron turizmga putur yetkazdi
Kuchli shamol Shotlandiya va Angliya shimolida poyezdlar harakatini to‘xtatib, daraxtlarni qo‘porib tashladi. Buyuk Britaniyada g‘ayri oddiy yozgi bo‘ron tufayli sayohatga oid tegishli tavsiyalar berildi.
Sinoptiklar shamolning tezligi rekord daraja – soatiga 145 kilometrga ko‘tarishi mumkinligidan ogohlantirgan. Zero, “Floris” bo‘roni tunda quruqlikka yetib borgan.
Shotlandiya uchun ikkinchi darajali eng kuchli shamol ogohlantirishi e’lon qilindi. Rasmiylar zararni kamaytirishga harakat qilmoqda.
– Floris – yilning shu davridagi g‘ayri oddiy kuchli bo‘ron, – deyilgan Met-ofis bayonotida. Mazkur tizim 2011 yil ishga tushirilgandan buyon avgust oyida sariq shamol haqida uchinchi marta ogohlantirish berilgani, Shotlandiyada bu galgi tabiat hodisasi rekordlarni buzishi ehtimoli borligini bildirdi.
Olimlar ta’kidlashicha, texnogen iqlim o‘zgarishi butun dunyo bo‘ylab yanada kuchli va tez-tez kutilmagan ob-havo hodisalariga sabab bo‘lmoqda. Sayyoramiz isishda davom etmoqda. Angliya shimoli va Shotlandiyadagi bir necha poyezd operatorlari yo‘lovchilarni sayohat qilishdan tiyilishga chaqirib, reyslarni bekor qildi.
– Glazgoda havo simi ustiga tushib, yonib ketgan daraxtlar yig‘ishtirib olindi, – deb yozdi “Network Rail Scotland”. Shotlandiya shimoli-sharqidagi Aberdinshir mintaqasida ham bir necha daraxt qulab, yo‘lni to‘sib qo‘ygan. Poytaxtdagi Edinburg Qirollik harbiy orkestri paradi bekor qilindi, Markaziy hayvonot bog‘i yopildi.
“Floris” bo‘roni bu yil Buyuk Britaniyada sodir bo‘lgan ikkinchi, 2024 yil sentyabr oyi boshidan avgust oyi oxirigacha davom etadigan mavsumidagi oltinchi bo‘ron.
M.Pirmatova, O‘zA