NASA Oyda yadroviy reaktor qurmoqchi

107

“Politico” yozishicha, shu hafta AQSH transport kotibi – NASA ma’muriyati rahbari vazifasini bajaruvchi Shon Daffi Oyda yadro reaktori qurish bo‘yicha tezlashtirilgan rejani e’lon qiladi.

Ta’kidlanishicha, NASA Oy yuzasida aniq vaqt jadvalini ko‘rsatadigan reaktor barpo etishga qaror qilgan.

Mas’ullardan biri gazeta muxbiriga mazkur loyiha “ikkinchi koinot poygasida g‘alaba qozonish maqsadini ko‘zlaydi”, degan.

Hujjatda Oyda reaktorga ega birinchi davlat “AQSHni sezilarli darajada to‘xtatadigan, taqiqlangan hudud yaratishi mumkinligi” ta’kidlangan. Nashr qo‘shimcha qilishicha, NASA Rossiya va Xitoy rejasidan jiddiy tashvishga tushgan.

So‘nggi payt bir necha mamlakatda sayyoramizning tabiiy yo‘ldoshi yuzasida stansiya qurish, ilmiy ekspeditsiya jo‘natish masalasi tez-tez muhokama qilinmoqda. Masalan, Xitoy ilmiy izlanish olib borish uchun 2030 yilgacha Oyga odam qo‘ndirishni mo‘ljallagan.

S.Rahimov, O‘zA