Majlisbozlik va qog‘ozbozlik BMTda ham og‘riqli masalaga aylangan
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish tuzilmaning yuklamasi haddan ziyod ekanini qator hujjatlar samarasizligi bilan izohlab, tashkilot hisobotlari va yig‘ilishlari sonini qisqartirish zarurligini ma’lum qildi.
– Bugungi kunda mavjud mandatlarning yarmidan ko‘pi hisobot tayyorlashni talab qiladi, – dedijahon tashkiloti rahbari yig‘ilishda so‘zga chiqib. – Birgina o‘tgan yil Kotibiyat 1100 hisobot tayyorladi. Bu 1990 yilga nisbatan 20 foiz ko‘p. Mazkur hujjatlarning beshdan uch qismi takroriy mavzularga taalluqli. Tan olishim kerak, hisobotlar cho‘zilib, hujjatlar to‘plami ko‘payib boryapti. Matn hajmi so‘nggi 20 yil ichida 40 foizdan ko‘proq ortgan. Aslida hisobot ixcham, shu bilan birga barcha mandatlarga to‘liq mos kelishi kerak.
Guterrish ta’kidlashicha, bajarilgan ish hajmiga qaramay, hisobotning salmoqli qismi e’tibordan chetda qolmoqda. Qolaversa, hujjat tayyorlash, yig‘ilish uyushtirish xarajati tashkilot byudjetining muhim qismini tashkil qiladi. Byudjetning har o‘n dollaridan biri, qo‘shimcha bilvosita xarajatni hisobga olmaganda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri majlis va nashrga xizmat ko‘rsatishga ketmoqda.
S.Rahimov, O‘zA