O‘zbek bokschilariga teng keladigani topilmayapti
Tailandning Bangkok shahrida U22 va U19 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining navbatdagi kuni ham bokschilarimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Jumladan, Abdulaziz Abdunazarov, Abdurahmon Mahmudjonov, Jahongir Zayniddinov, Robiya Baxtiyorova, Gulsevar G‘aniyeva, Uzukjamol Yunusova, Xumorabonu Mamajonova kabi charm qo‘lqop ustalarimiz o‘z vaznida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi.


Bugun, 4 avgust kuni musobaqada quyidagi 10 nafar 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilarimiz yarim final uchun ringga ko‘tariladi:
-60 kg: Odinaxon Ismoilova – Jui-Sin Lin (Xitoy Taypeyi) 09:30
-50 kg: Behruz Xoldorov – Yojun Kvak (Janubiy Koreya) 11:15
-55 kg: Samandar Olimov – Nima Bayati (Eron) 11:45
-60 kg: Shohrux Abdumalikov – Mohammadamin Karimi (Eron) 13:00
-65 kg: Sayat Ilyasov – Yusaka Matsuxisa (Yaponiya) 14:00
-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov – Ayan Kanga (Singapur) 15:45
-75 kg: Shavkatjon Boltayev – Aman Konsbekov (Qozog‘iston) 16:15
-80 kg: Rahmatullo Boymatov – Eissa Al Kurdi (Birlashgan Arab Amirliklari) 17:30
-85 kg: Abdulaziz Abdurahmonov – Azim Choibekov (Qirg‘iziston) 17:45
+90 kg: Halimjon Mamasoliyev – Nurassil Assilxan (Qozog‘iston) 18:45
Bahslar Toshkent vaqti bilan 09:00 dan boshlab start oladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA