Yaponiya AQSH boji bo‘yicha kelishuvni ijobiy baholadi

Yaponiya Bosh vaziri Shigeru Ishiba parlamentning byudjet qo‘mitasi yig‘ilishida Qo‘shma Shtatlar bilan tuzilgan tarif bitimini o‘zaro manfaatli hujjat sifatida baholadi.
Majlis quyi palata saytida translyatsiya qilingan.
– Mazkur kelishuv Amerikada ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi, Yaponiyada ish o‘rinlari qisqarishiga sabab bo‘lmaydi, – dedi Ishiba. – O‘zaro manfaatli munosabatlarni ifodalaydi.
Muzokaraning bir necha davrasidan so‘ng tomonlar iqtisodiyotiga 550 milliard dollar miqdorida sarmoya kiritish taklifi ma’qullandi. Ikki tomonlama savdo boji 15 foiz miqdorida belgilandi.
Shuningdek, yapon avtomobillariga qo‘shilgan tarifni ikki barobar kamaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.