Yosh bokschilarimiz qit’a chempionatida porlamoqda

125

Tailandning Bangkok shahrida U22 va U19 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining navbatdagi kuni ham O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.

Jumladan, 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar bahsida vazni -48 kg. bo‘lgan Robiya Baxtiyorova filippinlik Ofelia Magnoni 5:0, -51 kg. vazn toifasida esa Gulsevar G‘aniyeva Hindiston vakilasi Devika Gorpadedanni 5:0 hisobida taslim etdi.

Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Xumorabonu Mamajonova, Behruz Xoldorov,Samandar Olimov, Shohrux Abdumalikov, Sayat Ilyosov va Muhammadazizbek Ismoilov kabi charm qo‘lqop ustalarimiz g‘alaba qozondi.

Bugungi musobaqa doirasida ikki yosh toifasida janglar tashkil etiladi. Unda quyidagi 7 nafar terma jamoamiz a’zosi ringga ko‘tariladi:

-55 kg: Abdulaziz Abdunazarov – Kit Fu Tang (Gong Kong)

-60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov – Erlan Ergeshov (Qirg‘iziston)

-65 kg: Jahongir Zayniddinov – Natthaphong Pimsen (Tailand)

-48 kg: Robiya Baxtiyorova – Chathuri Sirivarda (Shri-Lanka)

-51 kg: Gulsevar Ganiyeva – Junya Feng (Xitoy)

-54 kg: Uzukjamol Yunusova – Seina Adachi (Yaponiya)

-57 kg: Xumorabonu Mamajonova – Nurul Izza Nukuhehe (Indoneziya).

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA