BMT Bosh kotibi Qozog‘istonga keldi

93

Bugun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Olmaota shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda axborot hamkorimiz – “KazInform” xabar berdi.

Qardosh mamlakat yetakchisi Qosim-Jomart Toqayev oliy martabali mehmonga minnatdorlik bildirib, Qozog‘istonning BMT faoliyati asosi – ko‘p tomonlama diplomatiya va hamkorlik tamoyiliga sodiqligini ta’kidladi.

Jahon tashkiloti rahbari qo‘shni mamlakatning xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, Barqaror rivojlanish maqsadini ilgari surishga qo‘shayotgan hissasini qayd etdi.

Uchrashuvda BMTning Markaziy Osiyo va Afg‘oniston uchun Barqaror rivojlanish maqsadi bo‘yicha Mintaqaviy markazi faoliyati istiqboli, Tashkilotni isloh qilish masalasi, xalqaro va mintaqaviy kun tartibi, shuningdek boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.

O‘tkir Alimov, O‘zA