Fermerlarga tegishli pul undirib berildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatlariga asosan qarzdor Taxiatosh tumanida joylashgan “Green garden irrigation systems” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan “Nurbino” va “Malika diamond fish” fermer xo‘jaliklari foydasiga jami 674 million so‘m undirish belgilangan.
Ushbu qarorga asosan, Majburiy ijro byurosi Taxiatosh tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ijro harakatiga kirishildi. Jumladan, ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdor “Green garden irrigation systems” mas’uliyati cheklangan jamiyatining bank hisob raqamlari va mol-mulklari tegishli tartibda xatlovga olindi.
Shuning natijasida qarzdordan undirilish lozim bo‘lgan 674 million so‘m qarzdorlik to‘lig‘i bilan undirildi. Ushbu pul mablag‘lari undiruvchi fermer xo‘jaliklarining hisob raqamlariga o‘tkazib berildi va fermerlarning buzilgan huquqi tiklandi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri