Toshkentda Botir Zokirov nomidagi memorial muzey tashkil etiladi

133

Bu haqda davlatimiz rahbarining joriy yil 28 iyuldagi “O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasini abadiylashtirish, uning ijodiy merosini chuqur o‘rganish va jahon miqyosida targ‘ib qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yildi.

Mazkur hujjatga asosan, Toshkent shahrida Botir Zokirov memorial muzeyi tashkil etiladi. Shuningdek, Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi

2026 yildan har 2 yilda bir marta estrada san’ati bo‘yicha Botir Zokirov nomidagi xalqaro ko‘rik-tanlovi o‘tkazib boriladi.

Bundan tashqari, Botir Zokirovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan badiiy film yaratiladi.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA