“Uzbekistan Judo Tour” turniri g‘oliblari aniqlandi

163

Andijon shahridagi “Universal” sport majmuasida o‘tkazilgan “Uzbekistan Judo Tour” xalqaro musobaqasining final bellashuvlari yakunlandi. Murosasiz kechgan bahslar natijasida to‘rtta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi.

Mamlakatimizda Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan sportning dzyudo turini yanada ommalashtirish, yoshlarni ushbu sport bilan shug‘ullantirgan holda ular orasidan iqtidorlilarini saralash maqsadida tashkil etilgan mazkur turnirda Artyom Shturbabin (-66 kg), Behruz Homidov (-81 kg), Sharofiddin Boltaboyev (-90 kg) va Shohrux Baxtiyorov (+90 kg) o‘z vazn toifalarida chempionga aylandi.

Ma’lumot o‘rnida: Umumiy mukofot jamg‘armasi 200 million so‘mni tashkil etgan musobaqa g‘oliblariga 22 million so‘m, kumush medal sovrindoriga 14, bronza medali egalariga esa 7 million so‘mdan pul mukofoti topshirildi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA