Saudiya Arabistonida attraksion qulab tushdi

Kecha Saudiya Arabistoni g‘arbidagi mashhur tog‘li kurort shahar – Taifning “Green mountain park” bog‘ida ichida o‘nlab odamlar bo‘lgan attraksionning tayanchi sinib ketgan.
“Gulf news”ning yozishicha, baxtsiz voqea oqibatida kamida 23 kishi, jumladan, bir necha ayollar jarohatlangan, hozirda ularning uch nafari og‘ir ahvolda.

Mamlakat favqulodda xizmat xodimlari va tez tibbiy yordam shifokorlari darhol voqea joyiga yetib kelib, jarohatlanganlarni yaqin atrofdagi kasalxonalarga yotqizishdi.
Saudiya Arabistoni rasmiylari tergov ishlari yakunlangunga qadar ko‘ngilochar bog‘ni zudlik bilan yopishni buyurdi.
Rasmiylarning ta’kidlashicha, shahar hokimiyati va xavfsizlik xizmatlarining tergovchilari nosozlik sababini, parkning talab qilinadigan xavfsizlik standartlari hamda texnik qoidalariga mos kelishini aniqlash uchun keng ko‘lamli surishtiruv ochgan.
O‘.Alimov, O‘zA