RF rasmiysi Trampga javob yo‘lladi

71

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova AQSH prezidenti Donald Trampning Eronga qarshi, jumladan, uning yadroviy inshootlariga zarba berish haqidagi bayonotlarini keskin tanqid qilib chiqdi. Bu haqda “IRNA” axborot agentligi yozmoqda.

Zaxarova bunday tahdidlar Yaqin Sharqda barqarorlikka xavf solishini ta’kidlab, Xalqaro Atom energiyasi agentligi (IAEA) kafolati ostidagi yadroviy ob’ektlarga hujum global amaliyotga aylanishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi va bunday zarbalar halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin, dedi.

U Rossiyaning harbiy yo‘l bilan muammolarni hal qilishga qarshi ekanini qayd etib, Eronga nisbatan bunday bayonotlarni xalqaro xavfsizlikka tahdid sifatida baholadi.

Tramp avvalroq, Tehron yadroviy dasturini qayta ishga tushirsa, AQSH uni “tezda yo‘q qilishini” aytgan edi.

Musulmon Ziyo, O‘zA