Rossiyaning Kiyevga dron hujumi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Kecha kechqurun RFning Kiyev tomon yo‘llagan raketa va dronlari kamida 6 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi, 50 dan ortiq odam jarohat oldi.
“Euronews”ning yozishicha, havo hujumlari natijasida poytaxtdagi to‘qqiz qavatli uylarning biri qisman qulab tushgan, qutqaruvchilar vayronalar ostidan jabrlanganlarni izlamoqda.

Ukraina prezidenti hujumni “tinchlik istagimizga Rossiyaning javobi” deb atadi. Kiyevda 27 ta manzil zarba ostida qoldi, eng katta zarar Solomyanskiy va Svyatoshinskiy tumanlarida qayd etildi.
Vladimir Zelenskiy hujumlar Dnipro, Poltava, Sumi va Mikolaiv viloyatlarida ham davom etganini, jami 300 dron va 8 ta raketa uchirilganini aytdi.

Bu hujum Trampning Vladimir Putinga qo‘ygan sulh bo‘yicha muddatini 8 avgustga qisqartirganidan so‘ng sodir bo‘ldi. G‘arb yetakchilari RFni muzokaralarni cho‘zib, yangi hududlarni egallashga urinayotganlikda ayblamoqda.
Musulmon Ziyo, O‘zA