Tramp Braziliya tovarlariga 50 foizlik bojlar joriy qildi

76

AQSH yetakchisi Donald Tramp chorshanba kuni Braziliyaga Amerika Qo‘shma Shtatlariga “tahdid” soladigan harakatlar uchun 50 foizlik bojlar joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deya xabar tarqatdi Oq uy ma’muriyati.

Prezident Donald Tramp Braziliyadan keladigan tovarlarga qo‘shimcha 40 foizlik boj joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi va bu umumiy tarifni 50 foizga yetkazdi. Bu Braziliya hukumatining AQSH milliy xavfsizligi, tashqi siyosati va iqtisodiga noodatiy va favqulodda tahdid solayotgan so‘nggi harakatlari, siyosati va amaliyotiga javobdir, deyiladi bayonotda.

AQSH rahbari bu chorani o‘zining do‘sti va ittifoqchisi, tergov ostidagi Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaroga nisbatan adolat uchun kurash sifatida taqdim etdi.

O‘z navbatida, Braziliyaning amaldagi rahbari Luiz Inasiu Lula da Silva, agar AQSH bojlar joriy qilsa, respublika o‘zgartirib bo‘lmaydigan narsadan afsuslanmasligini, aksincha, boshqa savdo sheriklarini topishga e’tibor qaratadi, deb bayonot berdi.

S.Rahimov, O‘zA