
Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitsoning mamlakatimizga amalga oshirgan rasmiy tashrifi yakunlandi.
Toshkent shahri xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitsoning oliy darajadagi muzokaralari yakunida ikki mamlakat yetakchilari Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.
Umuman, bugun O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
B.XUDOYBERDIEV, R.NAZARMATOV (surat), O‘zA