Microsoft 300 dan ziyod xodimini ishdan bo‘shatdi

273

Amerikaning “Microsoft” korporatsiyasi may oyida xodimlarga nisbatan keng ko‘lamli qisqartirish siyosatini olib bordi. Natijada 300 dan ko‘p odam ishdan bo‘shatildi. Bu haqda “Blumberg” agentligi korporatsiya tarqatgan ma’lumotga tayanib yozgan.

May oyida CNBC telekanali “Microsoft” butun dunyo bo‘ylab xodimlarini 3 foiz qisqartirishini ma’lum qilgandi. Bu kompaniyada 2023 yildan buyon kuzatilayotgan eng yirik shunday jarayon. Korporatsiya veb-saytidagi axborot 2024 yil iyunda jamoaning 228 000 xodimi borligi keltirilgan.

“Microsoft” vakili so‘zlariga ko‘ra, hozirgi o‘zgarish kompaniya mavqeini yaxshilash, tez o‘zgaruvchan bozorda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur.

Joriy yil yanvar oyida rahbariyat samaradorlikni oshirish uchun ayrim xodimlardan kechishini e’lon qilgan.

1975 yil tadbirkorlar Bill Geyts va Pol Allen tomonidan tashkil etilgan, asosan dasturiy ta’minot ishlab chiqishga ixtisoslashgan mazkur kompaniyaning bosh qarorgohi Vashingtonda. Masalan, “Windows” amaliyot tizimini aynan “Microsoft” yaratgan.