Janubiy koreyaliklar yangi prezidentni saylamoqda

Koreya Respublikasi sobiq Prezidenti Yun Sok Yol harbiy holat joriy qilishga urinishi ortidan impichmentga duchor bo‘lgan edi. Bugun ushbu mamlakatda millionlab fuqarolar navbatdan tashqari saylovda yangi yetakchi uchun ovoz bermoqda.
BBC tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, hozircha muxolif partiyadan Li Chje Myon birinchi o‘rinda, hukmron partiya hisoblangan Yun mahkamasi sobiq a’zosi Kim Mun Su esa asosiy ta’qibchi.
Mazkur saylov Yunning o‘tgan yil dekabr oyidagi qisqa va muvaffaqiyatsiz amaliyoti natijasida yuzaga kelgan, Janubiy Koreya so‘nggi oylarda boshidan kechirayotgan ichki norozilik, bir necha oylik siyosiy tartibsizlik asnosida o‘tkazilyapti.
Saylanadigan navbatdagi yetakchi AQSH tariflariga yechim topishi, qanday qarorlar chiqarishini oldindan aytib bo‘lmaydigan Donald Trampning ittifoqchisiga aylanishga majbur bo‘lishi taxmin qilinyapti.
Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan 20:00 da yopiladi. Shundan so‘ng bir necha soat ichida dastlabki natija e’lon qilinishi kutilmoqda.
Musulmon Ziyo, O‘zA