Bolalarga bayram sovg’alari topshirildi

Qoraqalpog’iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “1 iyun – xalqaro bolalar kuni” munosabati bilan “Mehr va e’tibor – har bir bola uchun” shiori ostida bolalarga bag’ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Kechada boshqarma xodimlari va ularning farzandlari ishtirok etdi.

Tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig’ining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Orazboev kecha ishtirokchilarini bayram bilan tabriklab, so‘nggi yillarda Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda bolalarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularning zamon talabiga mos ta’lim olishi uchun barcha qulay sharoitlar yaratilayotganini aytib o‘tdi hamda ularga boshqarmaning boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkiloti tomonidan tayyorlangan bayram sovg’alarini topshirdi.


Shuningdek, shu kuni soha mutasaddilari Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida xizmat yuzasidan halok bo‘lgan xodimlarning oilalari holidan xabar olib, ularga bayram sovg’alarini topshirdi.
Adilbay Orazov,
Qoraqalpog’iston axborot agentligi sharhlovchisi.