Germaniya va Ukraina qurol ishlab chiqarishni moliyalashtirish bo‘yicha kelishuv imzoladi

279

Germaniya Ukrainada uzoq masofaga uchadigan qurol ishlab chiqarishni moliyalashtirish bo‘yicha ushbu mamlakat bilan kelishuv imzoladi. GFR Mudofaa vazirligi shu haqda ikki davlat harbiy mahkamasi rahbarlari – Boris Pistorius va Rustem Umerov uchrashuvi yakuniga yetgach, xabar tarqatgan.

Chorshanba kuni Kansler Fridrix Mers Vladimir Zelenskiy bilan birga o‘tkazgan matbuot anjumanida Germaniya Ukrainani zamonaviy  qurollar yaratishda qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilgandi.

Joriy yil Ukrainaga uzoq masofaga mo‘ljallangan qurollar yetkazib turiladi.