Janubiy Koreyada prezidentlik saylovi boshlandi
Janubiy Koreyada prezidentni tanlash uchun muddatidan oldin ovoz berish 29-30 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Saylovning asosiy sanasi rasman 3 iyunga belgilangan va vaqtincha dam olish kuni, deb e’lon qilingan.
Asosiy ovoz berish faqat fuqaro biriktirilgan saylov uchastkasida amalga oshiriladi.
Koreya Respublikasida o‘tgan yil 3-4 dekabr kunlari mamlakatda harbiy holat joriy etgani munosabati bilan avvalgi Prezident Yun Sok Yolga yakuniy impichment e’lon qilingandan keyin davlatga yangi rahbar saylash bo‘yicha qaror qabul qilingan.
Markaziy saylov komissiyasi 28 may kuni “Gallup Korea” tadqiqot institutiga 24-25 may kunlari 18+ yoshdagi 1512 nafar saylovchi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazishni taklif etdi. So‘rov natijasiga ko‘ra, saylovda “albatta ovoz beruvchi” fuqarolar ulushi 86,8 foizni tashkil etdi.
KBS telekanali buyurtmasi bilan Koreya tadqiqot instituti tomonidan o‘tkazilgan va 27 may kuni kechqurun, ya’ni nomzodlarning yakuniy telebahsidan so‘ng e’lon qilingan so‘rov natijasi Birlashgan demokratik partiya nomzodi Li Chje Myon 45, Fuqarolik hokimiyati partiyasi vakili Kim Mun Su 36 foiz taxmin bilan boshqa nomzodlardan ko‘ra yaxshi imkoniyatga egaligini ko‘rsatgan.
S.Rahimov, O‘zA