Zelenskiy: Uzoq masofali qurol ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv tayyorlanmoqda

Prezident Vladimir Zelenskiy Ukrainada Yevropa Ittifoqi mablag‘i hisobidan uzoq masofaga uchuvchi qurol va dron ishlab chiqarish bo‘yicha bitim tayyorlanishini ma’lum qildi.
– Yevropadagi hamkorlar bilan yaqin kelajakda Ukraina iqtisodiyotiga sarmoya kiritish uchun hozirdanoq yangi kelishuv tayyorlayapmiz, – dedi Zelenskiy ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan videomurojaatida. – Birinchi navbatda uchuvchisiz va uzoq masofaga mo‘ljallangan qurilmalar, ya’ni zarba beruvchi dron, tutuvchi, qanotli raketa, Ukraina ballistikasi yaratish nazarda tutiladi.
Zelenskiy 2024 yil avgust oyi oxirida Ukrainada ishlab chiqarilgan birinchi ballistik raketa sinovdan o‘tkazilganini e’lon qilgan, lekin qaysi toifaga tegishliligini aniq aytmagan. Keyinroq Prezident idorasi rahbari maslahatchisi Mixaylo Podolyak yangi Ukraina ballistik raketasining parvoz masofasi 600-700 kilometr ekanini ta’kidlagan.
“Maxsustexnoeksport” davlat korxonasi direktori Aleksey Petrov keyinroq ballistik va qanotli raketa ishlab chiqarish 2025 yil o‘rtalarida boshlanishini qo‘shimcha qildi.