Yosh dzyudochilarimiz nufuzli musobaqani medallar shodasi bilan boshladi
270

Poytaxtimizda dzyudo bo‘yicha o‘tayotgan “Tashkent Cadet and Junior Asian Cup” turnirining navbatdagi kunida yoshlar toifasidagi bahslar boshlandi.
Musobaqaning ushbu kunida 6 ta vazn toifasida bahslar bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, unda Sevinch Murodova, Zarina Jamalova, Asadbek Misirov va Dilshodbek Hamroyev o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Muboriz Nuriddinov, Muhiddin Ma’rufov, Mahfira Ro‘ziboyeva, Rayhona Mamatova kumush medalga ega chiqqan bo‘lsa, Sabina Azamatova, Gulbahor Imomnazarova, Muhammadjon Masharipov, Ismoil Nishonboyev hamda Shohjahon Otaboyev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bellashuvlarning ilk kunida 4 tadan oltin va kumush, 5 ta bronza, jami 13 ta medalga ega chiqdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA