Bokschilarimiz “Tailand Open” turnirini g‘alaba bilan boshladi

162

Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha “Tailand Open” xalqaro turnirining dastlabki kunida uch nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi.

Jumladan,  vazni -60 kg. bo‘lgan Madiyar Daniyarov ukrainalik Vlasiuk Maksimni taslim etgan bo‘lsa,  vazni  -70 kg. bo‘lgan Muhammadazizbek Ismoilov  hindistonlik Yadav Hemant ustidan zafar quchdi. Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarning  -54 kg. vazn toifasida umidli bokschimiz Feruza Kazakova ukrainalik Inna Statkevichni yengdi.

Bugun, 25 may kuni Rossiya, Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston, Italiya, Janubiy Koreya, Eron, KXDR, Tailand, Yaponiya, Filippin, Ispaniya, Xorvatiya, Avstraliya, Kuba, Yangi Zelandiya va Mo‘g‘uliston kabi davlatlardan kelgan bokschilar ishtirokida davom etayotgan xalqaro musobaqaning ikkinchi kunida ham 3 nafar vakilimiz ringga ko‘tariladi.

Juftliklar bilan tanishing:

-55 kg: Faryozbek Do‘smatov – Bado Aaron (Filippin)

-50 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev – Jay Barikuatro (Filippin)

-51 kg: Sabina Boboqulova – Cheye Vann (Singapur)

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA