Jahon kubogi finalida 7 nafar bokschimiz jang o‘tkazadi
Bugun, 16 may kuni Polshaning Varshava shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon kubogining final janglarida o‘zbekistonlik 7 nafar charm qo‘lqop ustasi g‘oliblik umidida ringga ko‘tariladi.
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov – Bilguunsaixan Xarxu (Mo‘g‘iliston)
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – Viktorio Iliyev (Bolgariya)
-80 kg: Javohir Ummataliyev – Alfred Kommey (Italiya)
-57 kg: Humorabonu Mamajonova – Julia Szeremeta (Polsha)
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev – Rami Kivan (Bolgariya)
-85 kg: Akmaljon Isroilov – Yakub Straszevski (Polsha)
+92 kg: Jahongir Zokirov – Omar Shiha (Norvegiya)

Ortda qolgan yarim final janglari sarhisobiga ko‘ra, terma jamoamiz a’zolaridan -60 kilogrammda Samandar Olimov va -70 kilogrammda jang olib borgan G‘ofur Tohirov bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Aytish lozim, bugun kun davomida o‘tkaziladigan jahon kubogi finalida Polshaning 8 nafar, Italiyaning 5, Turkiyaning 4, Bolgariya, Norvegiya davlatlarining 3, shuningdek, Germaniya, Mo‘g‘uliston, Angliya, Bolgariya, Kosovo kabi bir qator davlatlarning 1 va 2 nafardan bokschilari oltin medallarga da’vogarlik qildi.

Eslatib o‘tamiz, jahon kubogi bahslarini boshqarib borishda o‘zbekistonlik xalqaro toifadagi referi Bekjon Yusupov ishtirok etmoqda.
T.Ro‘ziyev, O‘zA