Tramp: Eronning yadro dasturini bartaraf etish mumkin
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronning yadroviy siyosati masalasiga do‘stona yechim topish afzalligini aytdi.
– Uch yoki besh emas, faqat ikki yo‘l bor: do‘stona va aksincha, – dedi Amerika yetakchisi Dohada uyushtirilgan davlat qabulida. Mazkur tadbir Qatar telekanallari tomonidan ijtimoiy tarmoqda namoyish etilgan.
Qo‘shma Shtatlar rahbari keskinlashuvni istamasligi, shuning uchun Eron rahbariyatidan tushunish va amaliy harakat kutayotganini ta’kidladi. Qatar rahbariyatiga esa Eron bilan kelishuvda vositachilik qilgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Oq uy rahbari avvalroq Eron yadro dasturi masalasi hal etilishiga ishonch bildirib, agar kelishuvga erishilmasa, Tehronni inqirozga uchratish bilan tahdid qilgandi.
2015 yil Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, AQSH, Fransiya va Eron ishtirokida erishilgan kelishuvga asosan Islom Respublikasi yadroviy dasturini cheklash evaziga sanksiyani bekor qilish nazarda tutilgan. Trampning avvalgi prezidentlik davrida, ya’ni 2018 yil mayda AQSH bitimni buzdi va Tehronga nisbatan sanksiyani qayta joriy qildi. Bunga javoban Eron ham o‘z majburiyatini bosqichma-bosqich qisqartirish, xususan yadro tadqiqoti va uranni boyitish darajasini cheklashdan voz kechishini e’lon qilgan.