Mezbon jamoa musobaqada g‘olib bo‘ldi (+video)
Nukus shahridagi Respublika sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida 2007-2008 yilda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada shahar va tumanlardan 10 tadan ortiq jamoa ishtirok etib, o‘zaro bellashuvlar olib bordi. Bahslar juda qizg‘in va murosasiz kechdi. Jamoalarning mahoratli o‘yinchilari musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko‘rganini amalda isbotladi.
Yakunida Nukus shahri jamoasi birinchi, chimboylik sportchilar ikkinchi, Xo‘jayli tumani yoshlari uchinchi o‘rinni egalladi.
G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat va video), O‘zA