ChatGPT – dunyoda eng ko‘p kirilgan saytlardan biri
Sun’iy intellekt ko‘makchisi ChatGPT dunyo miqyosida eng ko‘p murojaat qilingan veb-saytlar ro‘yxatida beshinchi o‘rinni egalladi.
Xorij ommaviy axborot vositalariga tayanib, “AzerTAJ” yozishicha, foydalanuvchilarning ChatGPT veb-saytida o‘tkazgan o‘rtacha vaqti 7 daqiqa 15 soniyani tashkil etadi. Bir marta kirilganda o‘rtacha 4,15 sahifa ko‘rilgan. Birinchi sahifadan so‘ng saytni tark etgan o‘quvchilar ulushi 29,59 foiz.
Reytingda birinchi o‘rinni “Google” qidiruv tizimi egallab turibdi: o‘rtacha davomiylik 10 daqiqa 31 soniya, bir tashrifga 8,91 sahifa. Tizimdan darhol chiqib ketganlar 26,57 foiz.
“YouTube” ikkinchi eng mashhur veb-sayt sifatida seansning o‘rtacha 20 daqiqa 18 soniya davomiyligini ta’minlagan. O‘rtacha 13,15 sahifa o‘qilgan. 20,49 foiz murojaatchi dastlabki sahifadanoq kirish manzilini o‘zgartirgan.
“Facebook” va “Instagram” ham qo‘shilgan TOP-3 ijtimoiy tarmoq reytingida foydalanuvchilarning o‘rtacha qolish vaqti mos ravishda 10 daqiqa 42 soniya va 8 daqiqa 37 soniya.