AirCar 2 osmon sari yo‘l
Klein Vision kompaniyasi 80 soniyada mashinadan samolyotga aylana oladigan yangi avlod uchar avtomobili — AirCar 2 ning seriyali nusxasini ommaga taqdim etdi.
AirCar 2 nafaqat dizayni bilan, balki funksionalligi bilan ham e’tiborni tortmoqda. U avtomobil yo‘llarida harakatlana oladi, kerakli vaqtda esa qanotlarini yozib, qisqa vaqt ichida osmonga ko‘tarilishi mumkin. Qurilma atigi 80 soniya ichida to‘liq samolyot rejimiga o‘tadi.
Transportning eng yuqori tezligi soatiga 250 kilometrni, parvoz masofasi esa taxminan 1000 kilometrni tashkil etadi. Yoqilg‘i sifatida oddiy benzin ishlatiladi.
Bu texnologik yutuq shaharlararo tezkor harakatlanish, transport tirbandliklarini kamaytirish va kelajakdagi shaxsiy transport vositalarining rivojida muhim bosqich bo‘lishi kutilmoqda.
Transportning narxi taxminan 800 000 $dan 1 000 000$ gacha bo‘lishi mumkin. Seriyali ishlab chiqarish 2026 yilda yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.
Madinabonu Nasriyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA