Britaniya va Germaniya mo‘ljalni o‘ta aniq oladigan qurol yaratmoqchi

173

Buyuk Britaniya va Germaniya birgalikda 2000 kilometrdan ham uzoq masofaga uchadigan yangi, yuqori aniqlikdagi qurol ishlab chiqarish niyatida, deb xabar tarqatdi “Reyter” Britaniya hukumati bayonotiga tayanib.

Loyiha 2024 yil tuzilgan ikki tomonlama mudofaa shartnomasi doirasidagi kelishuvga asoslangan.

Qirollik mudofaa vaziri Jon Xili va uning hamkasbi Boris Pistorius Berlinda kechgan uchrashuv chog‘i mazkur tashabbusni ilgari surishgan.

Loyihaning muddati va byudjeti haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

Shuningdek, vazirlar dengizni qo‘riqlash va razvedka samolyoti uchun torpedo sotib olish masalasini muhokama qilishi, Berlin Britaniyada ishlab chiqarilgan harbiy ko‘prikni sotib olishi bo‘yicha kelishuvga erishishi ham kutilyapti.