Mers Yevropadagi eng kuchli armiyani shakllantirmoqchi
Konservativ Kansler Fridrix Mers Bundestagdagi nutqida Germaniya Yevropa Ittifoqi hududida eng kuchli armiya tuzish orqali qit’a mudofaasi uchun ko‘proq mas’uliyatni zimmasiga olmoqchi.
– Do‘stlarimiz, hamkorlarimiz bizdan shuni kutyapti va talab ham qilmoqda, – dedi yangi Kansler. – Federal hukumat Bundesver qudratli armiyaga aylanishi uchun zarur moliyaviy resursni ajratadi. Yevropadagi eng zich va iqtisodiy jihatdan kuchli davlat aynan shunday mavqega mos.
Musulmon Ziyo, O‘zA