Kutilgan qaror: Putin Anqaraga bormaydi
Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyning chorloviga qaramay, tinchlik muzokarasi qatnashuvchilari orasida Vladimir Putin yo‘q. Bu haqda BBC yozdi. Kreml bayonotiga ko‘ra, Rossiya delegatsiyasiga Prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchilik qiladi. Zelenskiy avvalroq Putin rozi bo‘lsagina, tadbirda qatnashishi, u bilan shaxsan uchrashish niyatida ekanini aytgan. Bugunning o‘zida Kiyev rahbari Turkiya poytaxti Anqarada Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an bilan muloqot qiladi.
Rossiya va Ukraina vakillari o‘rtasida oxirgi marta 2022 yil martda, Moskva keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshlagandan ko‘p o‘tmay, Istanbulda bevosita muzokara o‘tkazilgan.
Putin va Zelenskiy 2019 yil dekabridan beri shaxsan uchrashmagan.
Musulmon Ziyo, O‘zA