Kansler: Rossiyaga yangi sanksiya qo‘llanishi mumkin

144

Rossiya – Ukraina urushida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha hech qanday siljish yuz bermasa, Yevropa davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyani kengaytiradi, dedi Germaniya Kansleri Fridrix Mers Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis bilan Berlinda o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida.

– Biz navbatdagi sanksiyani yoqlaymiz, – deyilgan hukumat saytida namoyish qilib borilgan tadbirda e’lon qilingan bayonotda. – Agar Rossiya rahbariyati o‘tgan hafta oxirida birgalikda tayyorlangan takliflarga rozi bo‘lmasa, biz boshqa yo‘llarni ham ko‘rib chiqamiz: masalan energetika sektori va moliya bozori.

Kansler Vladimir Zelenskiyning Rossiya bilan muzokara o‘tkazish uchun Turkiyaga borishga tayyorligini olqishladi. Mers aytishicha, endi muzokara taklifini qabul qilish va o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish RF Prezidenti Vladimir Putinga bog‘liq.