AQSH va Saudiya Arabistoni tarixiy kelishuv imzoladi

166

O‘zA avval xabar qilganidek, kecha AQSH Prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharq mamlakatlariga tashrifi doirasida Saudiya Arabistoniga keldi.

SША и Sаудовская Arавия подписали соглашение по продаже оружия на сумму  около $142 milliardов

Tashrif arafasida OAV yozganidek, ikki qudratli davlat o‘zaro iqtisodiy hamkorlik tarixidagi eng yirik – umumiy qiymati 600 milliard dollardan oshgan kelishuv, sarmoyaviy majburiyatlar to‘plamini imzoladi. Oq uy tarqatgan shu haqdagi bayonotda “imzolash marosimi Ar-Riyodda AQSH Prezidenti Donald Tramp va Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon ishtirokida bo‘lib o‘tdi va strategik sheriklik munosabatini chuqurlashtirish, har ikki tomonning uzoq muddatli iqtisodiy farovonlikni ta’minlash niyatini yana bir bor tasdiqlangan” ta’kidlangan.

Tramp заключил с саудовцами крупнейshuю оружейную сделку в истории

Erishilgan kelishuv doirasida Saudiyaning “DataVolt“ kompaniyasi AQSHda ma’lumot markazi va energetika infratuzilmasi barpo etish uchun taxminan 20 milliard dollar sarmoya kiritadi. Amerikaning “GE Vernova“ korporatsiyasi Saudiya Arabistoniga 14,2 milliard dollarlik gaz turbinasi va quvvat uskunalari yetkazib beradi. “Boeing“ esa hamkor mamlakatning “AviLease“ avia tashuvchisiga 4,8 milliard dollarlik yo‘lovchi samolyotlari yetkazib berish majburiyatini oldi.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi loyihalar doirasida Michigan shtatida 5,8 milliard dollarlik tibbiy vositalar ishlab chiqaradigan yangi yuqori texnologiyali zavod qurish rejalashtirilgan.

На какую сумму подписали сделку в Эр-Рияде

Bundan tashqari AQSH va Saudiya Arabistoni o‘rtasida taxminan 142 milliard dollarlik tarixan eng yirik harbiy hamkorlik shartnomasi imzolandi. Hujjatda Amerikada ishlab chiqarilgan zamonaviy qurol-yaroq va texnika yetkazib berish, havo va raketaga qarshi mudofaa tizimini rivojlantirish, Podshohlikda qirg‘oq va chegara xavfsizligini modernizatsiya qilish, shuningdek Qurolli kuchlarni tayyorlash va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.

Oq uy ta’kidlashicha, ushbu bitimlar ikki davlat munosabatining yangi, oltin davriga asos soladi, Qo‘shma Shtatlar va Saudiyada ish o‘rinlari yaratish orqali iqtisodiy o‘sishga yordam beradi.

S.Rahimov,

O‘zA