
Polshaning Varshava shahrida World Boxing tashkiloti kubogining ikkinchi bosqichida o‘zbek charm qo‘lqop ustalari g‘alabali odimlarini davom ettirmoqda.
Mazkur musobaqaning navbatdagi kunida O‘zbekiston terma jamoasining besh nafar vakili ringga ko‘tarildi. Unda Xumorabonu Mamajonova, G‘ofur Tohirov, Akmaljon Isroilov, Samandar Olimov va Jahongir Zokirov o‘z vazn toifalarida g‘olib bo‘ldi.

Bugun, 14 may kuni ushbu nufuzli musobqada yana 5 nafar bokschimiz quyidagi raqiblariga qarshi jang olib boradi:
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov – Kori Jons (Buyuk Britaniya);
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – Usaynou Xansen (Germaniya);
-80 kg: Javohir Ummataliyev – Villiam Xolov (Bolgariya);
-85 kg: Akmaljon Isroilov – Samet Ersoy (Turkiya);
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev – Santos dos Kauye (Braziliya).
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA