Birlashgan Arab Amirliklarida kadetlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kuni vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.

-65 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Nikita Bibikov barcha raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lub etib, oltin medal sohibiga aylandi.

Shuningdek, qizlar o‘rtasidagi -41 kg vazn toifasida Rayhona Asanboyeva yarim finalgacha yetib bordi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Mazkur natijalar bilan O‘zbekiston terma jamoasining medallar soni 2 ta oltin va 1 ta bronzaga yetdi.

Eslatib o‘tamiz: Chempionatdagi ilk oltin medalni -37 kg vazn toifasida ishtirok etgan Sultonbek Nabiyev qo‘lga kiritgan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA