Xitoyda og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida davom etayotgan Osiyo chempionatining navbatdagi kunida o‘zbekistonlik sportchi qizlar shohsupaga ko‘tarildi.

Ayollar o‘rtasida -81 kg. vazn toifasi “A” guruhida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Rigina Adashboyeva hamda Madina Fayzullayeva jahon chempionati sovrindorlari, qit’a chempionlari hamda xalqaro turnirlarning g‘oliblari bilan kechgan murosasiz bahslarda munosib natijaga erishdi.

Rigina Adashboyeva dast ko‘tarishda 104 kilogramm natija bilan hamda ikki kurashda 224 kg. jamg‘argan holda ikkita bronza medalgini qo‘lga kiritdi.

Yosh og‘ir atletikachi qizimiz Madina Fayzullayeva siltab ko‘tarishda 121 kg. toshni bo‘ysundirgan holda kuchli uchlikni band etdi.

Har ikki sportchimizning muvaffaqiyati evaziga O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining medallar soni 4 taga yetdi.

Ertaga, 14 may kuni o‘tadigan bahslarda Akbar Jo‘rayev va yana 3 nafar sportchimiz qit’a chempionatida g‘oliblik uchun kurashga kirishadi.

Musobaqalar 15 aprelga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA