Fuqarolik ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudining 2024 yil 29 noyabr kungi ijro hujjatiga asosan undiruvchi R.K.ning foydasiga tarbiyasidagi bir nafar farzandining ta’minoti uchun qarzdor A.A.dan uning har oydagi jami daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilandi.

Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor A.A.ning O‘zbekston Respublikasidan chiqish huquqiga nisbatan joriy yilning 31 yanvaridan cheklov o‘rnatildi. Qarzdor majburiy ijro byuroning Nukus shahar bo‘limiga kelib, o‘zaro kelishganligini va farzandi 18 yoshga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment pulini hisoblab berishni so‘ragan. Natijada ota hisoblab chiqilgan 50 million so‘m alimentni undiruvchiga oldindan to‘lab berdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri