Bojxona nazorat qiladi

124

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga yo‘naltirilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Nukus filialiga 200 kVt quvvatli quyosh panellari o‘rnatilgan.

Mazkur maktabning 222 o‘rinli yotoqxonasi bo‘lib, u yerda o‘quvchilar 5 mahal issiq ovqat bilan ta’minlangan. Shu bois maktabning elektr energiyasiga bo‘lgan talabi ancha yuqori – yiliga 350 ming kVt ni tashkil etadi.

O‘quv yurtiga o‘rnatilgan 200 kVt/soat quvvatdagi muqobil energiya manbalari orqali ishlab chiqarilayotgan energiya bugungi kunda maktab ehtiyojini to‘liq qondirib, ortganini tarmoqqa uzatish natijasida yiliga 35-40 million so‘m miqdorida daromad olishga erishilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi mutasaddi xodimlari tomonidan o‘rnatilgan inventarlarning ishchi holati o‘rganilib, Bojxona qo‘mitasining “Yashil energiya” dasturida tasdiqlash choralari ko‘rildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri