AQSH Prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharq mamlakatlariga tashrifi doirasida Saudiya Arabistoniga keldi, deya xabar tarqatdi “Al Arabiya” telekanali. Bu yetakchining ikkinchi marta saylanganidan keyingi ilk xorijiy safari. Demak, Oq uy rahbari birinchi chet el tashrifi uchun aynan Podshohlikni tanlagan. Telekanal ta’kidlaganidek, voqea mintaqaviy muammolar avj olib, Ar-Riyod xavfsizlik, energetika va terrorizmga qarshi kurash borasida Vashingtonning strategik hamkori maqomini mustahkamlayotgan bir paytda yuz bermoqda. Shu ma’noda tashrif chuqur siyosiy va iqtisodiy istiqbolga ega. So‘nggi o‘n yilliklarda Amerikaning bir necha Prezidenti Saudiyaga kelgan. Tramp 13-16 may kunlari ko‘rfazning uch davlati – Saudiya, Qatar va BAAda bo‘ladi. AQSH rahbari ma’muriyati ma’lum qilishicha, kun tartibiga xavfsizlik, sun’iy intellekt, energiya va qurol-yaroq ta’minoti masalalari kiritilgan.
14 may kuni Ar-Riyodda Ko‘rfaz davlatlari hamkorlik kengashi rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tadi. Bir kun avvalga rejalashtirilgan keng ko‘lamli investitsiya forumida“Tesla” va “SpaceX” kompaniyalari rahbari Ilon Mask, “Meta” bosh direktori Mark Sukerberg, “Citigroup” egasi Jeyn Freyzer kabi yirik tadbirkorlar qatnashishi kutilyapti. OAV xabariga ko‘ra,anjuman doirasida qariyb 600 milliard dollarlik kelishuvlar tuzilishi mumkin.
S.Rahimov, O‘zA