Mard o‘g‘lonlar xotirasi hamisha qalblarda

121

9 may – Xotira va qadrlash kunida o‘tganlar xotirasini yod etish, ularning ezgu amallarini esga olish xalqimiz an’anasiga aylangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari ham sana munosabati bilan xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida vafot etgan marhum xodimlarning oila a’zolaridan xabar oldi. O‘tganlarning xotirasi, ezgu amallari yod etilib, haqlariga Qur’on tilovat qilindi. Yaqinlari, oila a’zolari va farzandlari bilan dildan suhbat qurilib, marhum xodimlarning vatanparvarlik hislari, burchga sadoqati esga olindi.

Yurt tinchligi, xalq farovonligi yo‘lida jonini fido qilgan mard o‘g‘lonlar porloq xotirasi hamisha qalblarda saqlanadi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.