Dzyudochilarimiz “Katta dubulg‘a” turnirida ishtirok etmoqda
Qozog‘istonning Ostona shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi nufuzli “Qazaqstan Barysy Grand Slam” xalqaro turniri boshlandi.
Uch kun davom etadigan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham keng tarkib bilan ishtirok etmoqda. Turnirda 44 davlatdan 358 nafar dzyudochi ishtirok etmoqda. Ular nafaqat medallar, balki jahon reytingi uchun muhim ochkolarni qo‘lga kiritish uchun tatamiga chiqadi.
Musobaqaning ilk kunida erkaklar o‘rtasida -60 va -66 kg, ayollar o‘rtasida esa -48, -52 hamda -57 kg vazn toifalarida bahslar o‘tkaziladi.

Bugungi kun dasturiga muvofiq O‘zbekiston sharafini quyidagi 7 nafar dzyudochi himoya qiladi:
Ayollar:
-48 kg: Fotimaxon Tursunboyeva — Leyli Geldiyeva (Turkmaniston);
-48 kg: Ulbusin Hakimova — Chiu Chih-Joyu (Xitoy Taypeyi);
-52 kg: Umida Jumaniyozova — Kundiz Jilkibay (Qozog‘iston);
Erkaklar:
-60 kg: Mirodil Murodillayev — Ikrom Shamsov (Tojikiston);
-60 kg: Doston Ro‘ziyev — Vey Ling Yun (Xitoy);
-66 kg: Muhriddin Tilovov — Vadim Chernov (Ukraina) yoki Valerio Akkoli (Italiya);
-66 kg: Dilshod Baratov — Kim Chen Yong (Janubiy Koreya).
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA