Fazoviy qurilma Hind okeaniga quladi
1972 yil fazoga uchirilgan “Kosmos-482” kosmik kemasi atmosfera zich qatlamiga kirib, Hind okeanidagi O‘rta Andaman orolidan 560 kilometr g‘arbga qulagani haqida “Roskosmos” agentligi xabar berdi.
Hisob-kitobga ko‘ra, sayyoralar aro dastur doirasida uchirilgan 500 kilogramm og‘irlikdagi mazkur stansiya zimmasiga Veneraning zich atmosferasi, harorati, bosimi, yorug‘ligi va yuzasi tarkibini o‘rganish yuklangan edi.

Axborotda qurilmani harakatlantirish majmuasidagi nosozlik sabab fazo kemasi Yerning yuqori elliptik orbitasida qolgan va asta-sekin sayyoramizga yaqinlashib, so‘ng qulagan.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin qator ommaviy axborot vositalari ushbu apparatning yerga qulashi haqida yozgan. Hatto, ayrim manbalar “Kosmos-482” Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston hududiga qulab tushishi ehtimolini iddao qilgandi.