Qoraqalpoq adabiyotining ikki yirik vakili

232

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov hamda O‘zbekiston Qahramoni, Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qayipbergenov tavalludining 96 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni milliy adabiyotimizning zabardast namoyondalari hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan tadbir davomida mazkur ikki ulug‘ adib – qoraqalpoq adabiyotining durdona vakillari, milliy so‘z san’atining ustozlari bo‘lgan ijodkorlarning hayoti, boy merosi va adabiy-madaniy faoliyati haqida so‘z yuritildi.

So‘zga chiqqanlar xalqimizning bebaho ma’naviy mulkiga aylangan adiblar ijodi bugungi yosh avlod uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi. Shuningdek, adiblar bilan bog‘liq xotiralar, ularning hayotiy qarashlari, she’riyatdagi o‘ziga xos uslubi va xalq qalbidan joy olgan asarlari haqida samimiy fikr-mulohazalar bildirildi.

Talaba-yoshlar tomonidan Ibroyim Yusupov she’rlari yoddan o‘qildi va To‘lepbergen Qayipbergenov asarlari bo‘yicha sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri