Murojaatlar tinglandi

171

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayevning Amudaryo, Ellikqal’a, Beruniy, To‘rtko‘l tumanlaridagi tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar va takliflari bo‘yicha sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Beruniy tumanida o‘tkazilgan tadbirda Jo‘qorg‘i Kenges raisi bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish bo‘yicha alohida qabul qilingan farmon hamda qarorlari asosida yaratilgan imkoniyatlarga batafsil to‘xtaldi. Shundan so‘ng tadbirkorlarning murojaatlari tinglandi.

Qabulda asosan tadbirkorlikni rivojlantirish borasida duch kelayotgan muammolar, moliyalashtirish, kredit va yer maydonlarini ajratish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, byurokratik to‘siqlar, ishlab chiqarishni kengaytirish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Tushgan murojaatlar Jo‘qorg‘i Kenges raisining shaxsan nazoratiga olinib, ularga imkon qadar ijobiy yechim topish bo‘yicha tegishli soha rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.