Xorazmda 49 ta mahalla infratuzilmasini yaxshilashga xalqaro moliya tashkilotlaridan tegishli mablag‘ jalb qilinadi
285
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ta’kidlandi.
Bog‘ot, Gurlan Xonqa, Yangibozor, Hazorasp va Urganch tumanida 49 ta mahalla infratuzilmasini yaxshilashga xalqaro moliya tashkilotlaridan 61 million dollar jalb qilinadi.
Bundan tashqari, joriy yilda 70 ta og‘ir mahallaga tadbirkorlik infratuzilmasi uchun byudjetdan 233 milliard so‘m ajratildi. Bunga qo‘shimcha yana 10 ta mahallani tanlab olib, 15 milliard so‘m yo‘naltirish topshirildi.
Xorazm gujumini ko‘paytirish muhimligi ta’kidlandi.
Mahalla, ko‘cha, dala cheti, yo‘l bo‘ylarida, kanal va kollektorlar atrofida 10 million tup gujum ekish bo‘yicha uch yillik dastur qilinadi. Bu yerlarda tut va jiyda ham ko‘paytiriladi.
O‘zA