Dzyudochilarimiz Dushanbeda bellashadi
221
Ertaga, 2 may kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumidagi nufuzli xalqaro turnir bahslari boshlanadi.
Dunyoning 27 davlatidan 220 nafardan ziyod dzyudochilar ishtirok etadigan musobaqada mamlakatimiz vakillari ham g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Bugun, 1 may kuni 27 nafar dzyudochidan iborat O‘zbekiston terma jamoasi delegatsiyasi Dushanbega yo‘l oldi.




Xalqaro dzyudo federatsiyasining muhim reyting ballari o‘ynaladigan turnirda mahoratli dzyudochilarimiz Artyom Shturbabin, Muzaffar To‘raboyev, Murodjon Yo‘ldoshev, Shukurjon Aminova singari tajribalilar bilan bir qatorda o‘nlab yosh sportchilarimiz Dushanbe tatamilarida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazadi.
Musobaqalar 4 mayga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA