RF va KXDR suv ustida tutashmoqda

190

Shimoliy Koreya Rossiyaga o‘zining birinchi avtomobil yo‘li ko‘prigi barpo etilishi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatda muhim bosqich bo‘lishini bildirdi, deb yozgan BBC.

Kuni kecha mamlakat shimoli-sharqidagi Tumen daryosi bo‘ylab ko‘prik qurilishi boshlandi. Hozircha RF va KXDRni quruqlik orqali faqat sobiq sho‘ro davridan qolgan “Do‘stlik ko‘prigi” nomli temir yo‘l bog‘lab turadi.

Yangi “dengiz narvoni” ham shu yaqin orada qad ko‘taradi.

Rossiyaning “Kommersant” gazetasi xabarida inshoot 2026 yil o‘rtalarida foydalanishga topshirilishi aytilgan.

Mazkur loyiha taqdiri Vladimir Putinning o‘tgan yil Pxenyanga tashrifi chog‘ida hal qilingan. O‘shanda RF yetakchisi Kim Chen In bilan “har tomonlama strategik sheriklik” to‘g‘risida shartnomani imzolagan edi.

Musulmon Ziyo, O‘zA